Haleon kompaniyasining nomzodlarga mo‘ljallangan maxfiylik eslatmasi

O'zbekiston

 

So‘nggi yangilanish sanasi: 1 avgust 2020 yil

Ushbu maxfiylik eslatmasi ishga qabul qilish jarayonidan o‘tayotgan nomzodlar uchun mo‘ljallangan:

Haleon kompaniyasiga qiziqish bildirganingiz uchun rahmat. Maxfiylik siz uchun muhimligini tushunamiz. Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga ehtiyotkorlik va halollik bilan munosabatda bo‘lishga intilamiz.

Maxfiylik eslatmamiz sizga qanday shaxsiy maʼlumotlarni toʻplashimiz va ularni qanday yigʻishimiz haqida maʼlumot beradi. Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan ishga qabul qilish va ishga joylashishdan oldingi tekshiruv vaqtida nima maqsadda foydalanishimizni tushuntiramiz. Shuningdek, biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday himoya qilishimiz va ularni qanday qilib xavfsiz saqlashimizni tushuntiramiz.

Haleon sizning maxfiyligingizni qadrlaydi. Biz "Haleon", "biz", "bizga" yoki "bizning" deganda, biz shuni nazarda tutamiz.

Shaxsiy ma’lumotlar sizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri (masalan, ismingiz) yoki bilvosita (masalan, xos ID raqami) aniqlashi mumkin bo‘lgan har qanday ma’lumotni yoki ma’lumot bo‘lagini anglatadi.

Agar ushbu Maxfiylik eslatmasidagi biror narsa sizning yurisdiksiyangizdagi mahalliy qonunlarga zid bo‘lsa, mahalliy qonun ustuvor hisoblanadi.

Ushbu maxfiylik eslatmasida biz quyidagilarni tushuntiramiz:

h

Biz siz haqingizda qanday shaxsiy ma’lumotlarni to‘playmiz?

Ishga qabul qilish va ishga joylashishdan oldingi tekshiruv doirasida biz quyidagilarni to‘playmiz:

  • Asosiy ma’lumotlar – ismingiz, familiyangiz (shu jumladan prefiks yoki unvon), jins, yosh yoki tug‘ilgan sana;
  • Kontakt ma’lumotlari – siz bizga taqdim etadigan, siz bilan bog‘lanishimizga imkon beruvchi ma’lumotlar, masalan, shaxsiy yoki biznes elektron pochtangiz, telefon raqamingiz va professional ijtimoiy media platformasidagi profilingiz;
  • Kasbi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va tajriba – ma’lumotingiz, ish tajribangiz, tavsiyanomalar va siz haqingizda tavsiya beruvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlar;
  • Milliy identifikatorlar – milliy identifikatoringiz/pasportingiz, yashash va ishlash ruxsatnomangiz bo‘yicha maqomingiz, ijtimoiy sug‘urta raqamingiz yoki boshqa soliq to‘lovchi/hukumat identifikatsiya raqami;
  • Moliyaviy ma’lumotlar – ish haqi, pensiya hisobi ma’lumotlari, kompaniya nafaqalari, bonuslar, imtiyozlar, ish vaqti yozuvlari va soliq to‘lovchining ma’lumotnoma raqami (masalan, Soliq identifikatsiya raqami, Milliy sug‘urta raqami, Ijtimoiy xavfsizlik raqami). Ishga qabul qilish jarayonida xarajatlaringiz qoplanadigan bo‘lsa, bank ma’lumotlarini ham to‘playmiz;
  • Qaramog‘idagilar haqida ma’lumot – sizning qaramog‘ingizdagilar bilan bog’liq ma’lumotlar, masalan, turmush o'rtog‘ingiz/sherigingiz va qaramog‘ingizdagilarning ismi va familiyasi, tug‘ilgan sanasi va kontakt ma’lumotlari;
  • Intervyular vaqtida to‘plangan ma’lumotlar – intervyu beruvchilarimiz tomonidan qayd etilgan sharhlar va intervyuning audio/video yozuvlari (telefon suhbatlari yoki video orqali suhbatlar bo‘lsa);
  • Ma’lumoti va ish tajribasi haqidagi ma’lumotlar – ma’lumoti va o‘qishi, shuningdek, kasbiy malakasi haqidagi ma’lumotlar. Agar biz sizga ish taklif qilmoqchi bo‘lsak, ishga joylashishdan oldin tekshiruvdan o‘tishingiz kerak bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari kredit tarixi, jinoiy yozuvlar va kasbiy salomatlik ma’lumotlari (agar qonunda ruxsat etilgan bo‘lsa) kabi qo‘shimcha ma’lumotlarni to‘plashimiz ham mumkin;
  • Shaxsiy ma’lumotlarning maxsus toifalari – irqiy yoki etnik kelib chiqishingiz, diniy, siyosiy yoki falsafiy e’tiqodingiz, kasaba uyushmaga a’zoligingiz, faxriylik maqomingiz yoki sog‘ligingiz, nogironligingiz yoki jinsiy orientatsiyangiz haqidagi ma’lumotlar. Biz ushbu ma’lumotlardan tegishli qonunlarga rioya qilishimizni kafolatlash uchun foydalanamiz. Agar biz sizga ish taklif qilsak, sizning va qaramog‘ingizdagilarining salomatlik va sug‘urta imtiyozlarini berishimiz uchun sog‘ligingiz (jismoniy yoki ruhiy) haqidagi ma’lumotlarni so‘rashimiz mumkin. Shuningdek, biz ushbu ma’lumotdan siz uchun qanday oqilona tuzatishlar kiritishimiz mumkinligini siz bilan muhokama qilish uchun ham foydalanamiz. Biz inklyuziv ish joyini ta’minlaganimizga ishonch hosil qilishni xohlaymiz.

Biz sizdan shaxsiy ma’lumotlarning maxsus toifalarini so‘raganimizda bizga berish yoki bermaslikni tanlashingiz mumkin. Agar siz ularni biz bilan baham ko‘rmaslikka qaror qilsangiz, bu arizangizni ko‘rib chiqishga ta’sir qilmasligiga ishonchingiz komil bo‘lsin.

Biz sizdan shaxsiy ma’lumotlarning boshqa turlarini so‘raganimizda ham siz ularni bizga bermaslikni tanlashingiz mumkin. Agar siz bizga shaxsiy ma’lumotlaringizni bermaslikka qaror qilsangiz, arizangizni baholay olmasligimiz yoki ko‘rib chiqa olmasligimiz mumkin.

Agar siz bizga boshqa shaxs, masalan, turmush o‘rtog‘ingiz/sherigingiz yoki sizga tavsiyanoma berganlarning shaxsiy ma’lumotlarini bersangiz, ularning ma’lumotlarini biz bilan baham ko‘rishga ruxsatingiz bor deb hisoblaymiz.

Agar mamlakatingiz qonunchiligi buni taqiqlasa, biz shaxsiy ma’lumotlarni (jumladan, yuqorida sanab o‘tilgan har qanday ma’lumotni) qayta ishlamaymiz.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday to‘playmiz?

Ushbu jarayon davomida sizdan quidagilar talab qilinadi:

  • Haleon portalida akkaunt va profil yaratish;
  • Haleon portaliga kirish uchun ijtimoiy media profilingizdagi ma’lumotlardan foydalanish;
  • Bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi e’lonlarni olish uchun portalda ro‘yxatdan o‘tish;
  • Haleon portali yoki boshqa vositalar orqali rezyumeingizni joylashtirish;
  • Rekrutment jarayonida uchrashuvlar, suhbatlar yoki biznes keislarda qatnashish. qatnashganingizda.

Boshqa manbalardan:

  • Rekrutment agentliklaridan;
  • Biz uchun ishga joylashishdan oldin tekshiruv o‘tkazadigan kompaniyalardan;
  • Sizning hamkasblaringiz va/yoki boshliqlaringiz tavsiyanomalaridan.

Ochiq manbalardan:

  • Agar qonunda ruxsat berilgan bo‘lsa, biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni ochiq manbalardan to‘playmiz. Biz bunday manbadan litsenziyalaringizni tekshirish yoki tegishli qonunlarga rioya qilishimiz kerak bo‘lgan har qanday tekshiruvlarni bajarish uchun foydalanishimiz mumkin.

h

Shaxsiy ma’lumotlaringizdan qanday foydalanamiz?

Biz sizning shaxsiy ma‘lumotlaringizdan ushbu Maxfiylik eslatmasida quyida tavsiflangan maqsadlarda yoki tavsiflanganlarga mos keladigan maqsadlarda foydalanamiz. Agar bizda qonuniy huquq yoki majburiyat bo‘lmasa, biz ulardan sizning ruxsatingizsiz boshqa maqsadlarda foydalana olmaymiz va foydalanmaymiz.

Arizangizni ko‘rib chiqish uchun.

Biz sizning shaxsiy ma‘lumotlaringizdan quyidagilar uchun foydalanamiz:

  • Arizangizga javob qaytarish uchun. Agar boshqa biror kim sizni bizga tavsiya qilgan bo‘lsa yoki biz ma’lumotlaringizni boshqa manbalardan olgan bo‘lsak, biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan siz bilan bog‘lanish va sizga ishga yollash jarayonimiz haqida xabar qilish uchun foydalanamiz.
  • Profilingizni yaratish uchun;
  • Profilingizning siz ariza berayotgan ish uchun qanchalik darajada mosligini baholash uchun;
  • Biz barcha nomzodlarni baholaganimiz va qisqa ro‘yxatni yaratganimizda;
  • Ishga yollash jarayoni davomida intervyular va biznes keislarni o‘tkazganimizda.

Ishga joylashishdan oldin tekshirish uchun, agar biz sizga ish taklif qilishga qaror qilsak.

Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan quyidagi maqsadlarda foydalanamiz:

  • Bizga bergan ma’lumotlaringiz, tavsiyanomalaringiz va boshqa ma’lumotlaringizni qonun tomonidan ruxsat etilgan darajada tekshirish.
  • Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni biz uchun ishga joylashishdan oldingi tekshiruvni o‘tkazuvchi kompaniyalar bilan baham ko‘ramiz;
  • Ishga joylashish bo‘yicha taklif va biz ishga qabul qilish jarayonining shartnomadan oldingi bosqichida foydalanadigan boshqa hujjatlarni tayyorlash.

Sizni Haleon kompaniyasining kadrlar zaxirasiga kiritish uchun.

Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan quyidagi maqsadlarda foydalanamiz:

  • Haleon kompaniyalari va filiallarining har qandayida hozirgi yoki kelajakdagi imkoniyatlarimiz bo‘yicha sizni ko‘rib chiqish.
  • Biz sizning ma’lumotlaringizni boshqa Haleon kompaniyalari bilan baham ko‘rishimizni anglatadi;
  • Imkoniyatlar haqida sizga xabar berish yoki profilingizni yangilashingizni so‘rash uchun.

Ishga qabul qilish jarayonlarini, shuningdek, ishga qabul qilish jarayoni bilan bog‘liq biznes operatsiyalarimizni boshqarish va takomillashtirish uchun.

Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan quyidagi maqsadlarda foydalanamiz:

  • Tarmoqlarimiz va axborot tizimlarimiz xavfsizligini boshqarish;
  • Ishga qabul qilish jarayonlarimizga oid yozuvlarni saqlash;
  • Ishga qabul qilish jarayonini bizning intilishlarimizga mos ravishda o‘lchab, biz adolatli ishga yollash amaliyotiga rioya qilamiz;
  • Boshqaruv hisoboti va tahlillarini, jumladan, ishga qabul qilish jarayoniga bog‘liq bo‘lgan tahliliy ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarni tayyorlash va bajarish.

Boshqa maqsadlarga erishish uchun.

Biz sizning shaxsiy ma‘lumotlaringizdan quyidagilar uchun foydalanamiz:

  • Amaldagi qonunlar va qoidalarga rioya qilish;
  • Vakolatli davlat organlarining murojaatlariga javob berish;
  • Sizga bizning shartlarimiz, qoidalarimiz va siyosatlarimizdagi o‘zgarishlar haqida xabar berish;
  • Haleon kompaniyasini potentsial, tahdid ostidagi yoki haqiqiy sud jarayonlaridan himoya qilish yoki himoyasini amalga oshirish;
  • Haleon kompaniyasini, sizning hayotiy manfaatlaringizni yoki boshqa shaxsning manfaatlarini himoya qilish;
  • Sizga va qaramog‘ingizdagilarga ish bilan bog‘liq turar-joy yoki sog‘liq va sug‘urta imtiyozlarini taqdim etish;
  • Haleon barcha ariza beruvchilar uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash, shuningdek, ishga qabul qilish jarayoni va mas'uliyatni etarli darajada nazorat qilish borasidagi yutuqlarini baholaganda.
  • So‘rovlaringiz yoki talablaringizga javob berish va ko‘rib chiqish;
  • Biznesimizni to‘liq yoki bir qismini sotganimizda, tayinlaganimizda yoki o‘tkazganimizda.

Nima uchun bizga shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘plash va ulardan foydalanishga ruxsat berilgan?

Quyidagilardan biri qo‘llanilganda shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘plashimiz va ulardan foydalanishimiz mumkin:

  • Mehnat shartnomasini tuzish yoki mehnat shartnomasini bajarishdan oldin choralar ko‘rish;
  • Qonunga, masalan, bandlik, ijtimoiy ta’minot va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qonunlar va qoidalarga rioya qilish;
  • Bunday ruxsat majburiy bo‘lganda (qonun buni "rozilik" deb ataydi) bizga maxsus ruxsat bergansiz.
  • Siz istalgan vaqtda ruxsatingizni bekor qilishingiz mumkin.
  • Sizni hozirgi va kelajakdagi ish imkoniyatlariga nomzod sifatida ko‘rib chiqish biz uchun manfaatlidir (qonun uni “qonuniy manfaat” deb ataydi).
  • Agar bizning qonuniy manfaatlarimiz sizning manfaatlaringiz yoki asosiy huquq va erkinliklaringizdan ustun qo‘yilgan bo‘lsa, bu amal qilmaydi;
  • Sizning hayotiy manfaatlaringizni yoki boshqa shaxsning manfaatlarini himoya qilish;

Shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday himoya qilamiz?

Shaxsiy ma‘lumotlaringiz ularni ko‘rishga ruxsat berilmaganlar bilan baham ko‘rilmasligi yoki foydalanilmasligiga ishonch hosil qilishni xohlaymiz. Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun biz turli xil xavfsizlik choralari va texnologiyalaridan foydalanamiz.

Biz ishlash uchun xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarni sinchkovlik bilan tanlaymiz va ularda shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun xavfsizlik choralari va texnologiyalari mavjudligini tekshiramiz. Biz xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarimiz va ta’minotchilaringizga shaxsiy ma’lumotlaringizdan o‘z maqsadlari uchun foydalanishlariga ruxsat bermaymiz

Shaxsiy ma’lumotlaringizga nisbatan qanday huquqlaringiz bor?

Sizda biz sizni xabardor qilishimiz kerak bo‘lgan huquqlaringiz bor. Siz uchun mavjud bo‘lgan huquqlar shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashimizga bo‘lgan sababga va yurisdiksiyangizdagi mahalliy qonunlarga bog‘liq. Bunga bog‘liq ravishda sizda quyidagi huquqlar mavjud bo‘lishi mumkin:

  • Bizdan shaxsiy ma’lumotlaringizning nusxalarini so‘rash. Ayrim istisnolar mavjud, ya’ni siz biz qayta ishlayotgan barcha ma’lumotlarni har doim ham olaolmaysiz;
  • Bizdan o‘zingiz aniq emas deb hisoblagan ma’lumotlarni tuzatishni so‘rash. Sizda bizdan o‘zingiz to‘liq emas deb hisoblagan ma’lumotlarni to‘ldirishni so‘rash huquqi ham mavjud.
  • Bizdan shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘chirib tashlashni so‘rash.
  • Ma’lumotlaringizni qayta ishlashni cheklashni so‘rash;
  • Shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashimizga taqiqlash;
  • Siz bergan ma’lumotlarni bir tashkilotdan boshqasiga o‘tkazishimizni yoki sizga berishimizni so‘rash;
  • Mahalliy ma’lumotlarni himoya qilish organiga shikoyat qilish.

Yuqoridagilardan birini bajarishimizni soʻrash uchun biz bilan qanday bogʻlanishni “Kontakt ma’lumotlari va maxfiylik masalalari bo‘yicha kontakt shaxsi” boʻlimiga qarab bilib olishingiz mumkin.

Sizning himoyangiz va boshqalarning maxfiyligini himoya qilish uchun bizdan talab qilgan ishni bajarishdan oldin shaxsingizni tasdiqlashimiz kerak bo‘lishi mumkin.

Agar siz shaxsiy ma’umotlaringizdan foydalanishimizga e’tiroz bildirsangiz yoki avvaliga uni bizga berganingizdan keyin shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishga ruxsatni qaytarib olsangiz, amaldagi qonunchilikka muvofiq tanlovingizni hurmat qilamiz. Biroq sizning ruxsatingizga e’tiroz bildirishingiz yoki qaytarib olishingiz orqali biz "Shaxsiy ma'lumotlaringizdan qanday foydalanamiz" bo‘limida tasvirlangan ishga qabul qilish va ishga joylashishdan oldingi tekshiruv tadbirlarini yakunlay olmasligimiz mumkin.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni qancha vaqt saqlab turamiz?

Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni faqat o‘zimiz ushbu Maxfiylik eslatmasida tushuntirib bergan ishga qabul qilish va ishga joylashishdan oldin tekshirish tadbirlarini yakunlashimiz uchun kerak bo‘lgan muddat davomidagina saqlaymiz. Ishga qabul qilish va ishga joylashishdan oldin tekshirish tadbirlari tugallangandan so‘ng bizdan sud jarayoni yoki Haleon ishtirokidagi tergov tufayli unlari uzoqroq saqlash talab qilinishi mumkin.

Ayrim yurisdiktsiyalardagi qonunlar va qoidalarda shaxsiy ma’lumotlaringizni qancha vaqt saqlashimiz kerakligi ko‘rsatiladi. Qancha vaqtligi ma’lumotlaringizni baham ko‘rganingizda o‘zingiz bo‘lib turgan yurisdiktsiya qonunlariga bog‘liq bo‘ladi.

Agar biz sizga ish taklif qilsak va siz qabul qilishga qaror qilsangiz, biz sizga Xodimning Maxfiylik to‘g‘risidagi eslatmasini yuboramiz. Xodimning Maxfiylik to‘g‘risidagi eslatmasi xodimlarimiz shaxsiy ma’lumotlarini qanday ishlatishimiz, saqlashimiz va himoya qilishimizni tushuntiradi.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni kimlarga taqdim etamiz?

Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni bilish zarurati asosida va qonunlar va qoidalarga rioya qilish va ishga qabul qilish jarayoniga oid harakatlarni boshqarish va ishlatish uchun zarur bo‘lgan darajada va siz bilan munosabatlarimizni boshqarish kontekstida baham ko‘ramiz.

Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni faqat Haleon kompaniyalarimiz va filiallarimizdagi o‘z ishlarini bajarish uchun ko‘rishlari kerak bo‘lgan jamoalar bilan baham ko‘ramiz.

Ayrim hollarda ishga qabul qilish va ishga joylashishdan oldingi tekshiruv tadbirlarimiz biz uchun maxsus xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar tomonidan amalga oshiriladi. Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni ularning ishining bir qismi sifatida ko‘rishi kerak bo‘lgan odamlar va jamoalar bilan baham ko‘ramiz.

Shuningdek, biz shaxsiy ma’lumotlaringizni biz bilan ishlaydigan boshqa ixtisoslashgan xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar bilan ham baham ko'ramiz, masalan:

  • Tadbirlar va sayyohlik agentliklari;
  • Raqamli forumlarimiz va ilovalarimizni ishlab chiqish va yaxshilash uchun biz bilan ishlaydigan texnologiya yetkazib beruvchilari;
  • Auditorlar, buxgalterlar va yuristlar kabi professional maslahatchilar.

Shuningdek, biz qonun bo‘yicha buni qilishimiz kerak bo‘lgan hollarda shaxsiy ma’lumotlaringizni mahalliy yoki xorijiy tartibga solish organlari yoki hukumat va huquqni muhofaza qilish organlari bilan baham ko‘ramiz. Ular sizning yashash mamlakatingizda yoki undan tashqarida bo‘lishi mumkin.

Qanday hollarda shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘z mamlakatingizdan tashariga o‘tkazamiz?

Biz butun dunyo bo‘ylab faoliyat yuritamiz. Shuning uchun biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni sizdan ularni to‘playdigan mamlakatdan tashqariga o‘tkazishimiz va u yerda foydalanishimiz kerak bo‘lishi mumkin. Shaxsiy maʼlumotlaringizni mamlakatingizdan tashqariga oʻtkazganimizda shaxsiy maʼlumotlaringizni himoya qilish uchun standart maʼlumotlarni himoya qilish qoidalarini oʻz ichiga olgan maʼlumotlarni uzatish shartnomalari kabi tegishli choralarni koʻramiz. Biz ularni oʻtkazadigan mamlakatlardagi maʼlumotlarning maxfiyligi toʻgʻrisidagi qonunlar sizning mamlakatingizdagi qonunlar bilan bir xil boʻlmasligi mumkin. Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘tkazgan mamlakatlardagi huquqni muhofaza qilish idoralari, nazorat organlari, xavfsizlik organlari yoki sudlar shaxsiy ma’lumotlaringizni ko‘rish huquqiga ega bo‘lishi mumkin.

Siz Yevropa Iqtisodiy hududida (YeIH) bo‘lgan hollardagi qo‘shimcha ma’lumotlar

Evropa Komissiyasi YeIH’dan tashqaridagi ayrim mamlakatlar ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha o‘xshash standartlarga ega ekanligini tan oladi. Ushbu mamlakatlarning to‘liq ro‘yxatini bu yerdan olish mumkin.

Agar biz shaxsiy ma’lumotlaringizni ushbu ro‘yxatda bo‘lmagan mamlakatga o‘tkazsak, biz buni Yevropa Komissiyasi tomonidan qabul qilingan standart shartnomaviy qoidalar asosida amalga oshiramiz. Bular bizga kompaniyalar guruhimiz doirasida shaxsiy maʼlumotlarning xalqaro oʻtkazmalarini amalga oshirish imkonini beradi va Yevropa Ittifoqining maʼlumotlarni himoya qilish qonunlari va Maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha umumiy reglamentga (GDPR) javob beradi.

Voyaga yetmaganlarning shaxsiy ma’lumotlaridan qanday foydalanamiz?

Biz voyaga etmaganlarning shaxsiy ma’lumotlaridan faqat ish shogird uchun mo‘ljallangan hollarda foydalanamiz.

Agar siz Yevropa iqtisodiy hududi (EEA) davlatlaridan birida yashasangiz va shogirdlik ishiga ariza bersangiz, siz kamida 16 yoshda ekanligingizni va bizga shaxsiy ma’lumotlaringizni berishingiz va ota-onangizning roziligisiz ishga yollash jarayonida qatnashishingiz mumkinligini aytasiz.

Agar siz YeIH’dan tashqaridagi mamlakatlardan birida yashasangiz va mamlakatingiz qonunlariga muvofiq voyaga etmaganingizda shogirdlik ishiga ariza bersangiz, ushbu Maxfiylik eslatmasida tasvirlanganidek shaxsiy maʼlumotlaringizni toʻplashimiz va ulardan foydalanishimiz uchun ota-onangiz yoki qonuniy vasiylaringizdan ruxsat olishimiz kerak.

Ushbu maxfiylik eslatmasini qanday yangilaymiz?

Vaqti-vaqti bilan biz ushbu Maxfiylik eslatmasini yangilab turamiz. Har qanday o‘zgarishlar qayta ko‘rib chiqilgan Maxfiylik eslatmasi Maxfiylik markazimizga joylashtirgandan keyin kuchga kiradi. Ushbu Maxfiylik eslatmasi oxirgi marta yuqorida ko'rsatilgan "So‘nggi yangilanish sanasi" sanasida yangilangan. Agar o‘zgarishlar muhim bo‘lsa, biz sizga qanday o‘zgarishlar haqida xabar berish uchun yanada aniqroq eslatma beramiz.

O‘zimiz egalik yoki nazorat qilmaydigan veb-saytlar bo‘yicha javobgarligimiz

Karyeralar portalimizda biz egalik qilmaydigan yoki nazorat qilmaydigan veb-saytlar yoki mobil ilovalarga havolalar bo‘lishi mumkin. Maxfiylik eslatmamiz ularni qamrab olmaydi. Agar ular sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday to‘plashi, ishlatishi va baham ko‘rishini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu veb-saytlar va mobil ilovalardagi maxfiylik eslatmalarini o‘qib chiqing.

Shaxsiy ma’lumotlaringiz nazoratchisi kim?

Haleon plc kompaniyasi siz murojaat qilayotgan mahalliy kompaniya bilan birgalikda shaxsiy ma’lumotlaringiz nazoratchisi bo’lib hisoblanadi.

Kontakt ma’lumotlari va maxfiylik masalalari bo‘yicha kontakt shaxsi

Huquqlaringizdan foydalanmoqchi boʻlsangiz, ushbu Maxfiylik eslatmasi boʻyicha savollaringiz boʻlsa, qoʻshimcha maʼlumotga muhtoj boʻlsangiz yoki xavotir bildirmoqchi boʻlsangiz: Maxfiylik bo‘yicha kontakt ma’lumotlari.