Privacy centre

HALEON Shaxsiy ma’lumotlar himoya markazi

Xush kelibsiz. Biz maʼlumotlar maxfiyligini ta’minlashga  masʼuliyat bilan yondashamiz. Bizning usullarimiz va sizninng haqida ma’lumotga ega bo’ling.

 

a

Quyida bizning maxfiylik eslatamalarimiz keltirilgan. Zarur bo‘lgan hollarda yuqorida joylashgan joyingizni o‘zgartiring va sizga mos keladigan maxfiylik eslatmasini tanlang.

Haleon umumiy maxfiylik eslatmasi

O'zbekiston

 

So‘nggi yangilanish sanasi: 1 avgust 2020 yil

Ushbu maxfiylik eslatmasi quyidagilar uchun mo‘ljallangan:

  • Haleon mahsulotlari va xizmatlaridan foydalanuvchilar (tadqiqot subyektlari bundan mustasno);
  • Haleon va Haleon kompaniyasiga tegishli veb-saytlarga tashrif buyuruvchilar;
  • Haleon tizimlari va ilovalarining foydalanuvchilari;
  • Haleon bilan bog‘lanishdan manfaatdor bo‘lgan yoki u bilan bog‘lanayotgan keng jamoatchilik vakillari; 
  • Ushbu eslatmani olgan va ushbu Maxfiylik markazidagi boshqa eslatmalar qo‘llanilmaydigan har qanday shaxs.

Maxfiylik siz uchun muhimligini tushunamiz. Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga ehtiyotkorlik va halollik bilan munosabatda bo‘lishga intilamiz.

Maxfiylik eslatmamiz sizga qanday shaxsiy maʼlumotlarni toʻplashimiz va ularni qanday yigʻishimiz haqida maʼlumot beradi. Unda shaxsiy maʼlumotlaringizdan nima maqsadda foydalanishimiz va shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday himoya qilishimiz va ularni xavfsiz saqlashimiz tushuntiriladi. Ushbu maxfiylik eslatmasi bizning umumiy amaliyotlarimizni tushuntiradi. Biroq mahalliy qonunlar yoki qoidalar ma’lumotni boshqacha tarzda qayta ishlashimizni yoki bunday qayta ishlashdan tiyilishimizni talab qilsa, biz har doim amaldagi mahalliy qonunlarga rioya qilamiz.

Haleon sizning maxfiyligingizni qadrlaydi. Biz "Haleon", "biz", "bizga" yoki "bizning" deganda, shu kompaniya nazarda tutiladi.

Shaxsiy ma’lumotlar sizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri (masalan, ismingiz) yoki bilvosita (masalan, xos ID raqami) aniqlashi mumkin bo‘lgan har qanday ma’lumotni yoki ma’lumot bo‘lagini anglatadi.

Ushbu maxfiylik eslatmasida biz quyidagilarni tushuntiramiz:

Shaxsiy ma’lumotlaringiz nazoratchisi kim?

Haleon plc (Building 5, First Floor, The Heights, Weybridge, Surrey KT13 0NY, United Kingdom) siz bilan munosabatga ega bo‘lgan mahalliy Haleon kompaniyasi bilan birgalikda shaxsiy ma’lumotlaringiz nazoratchilari bo‘lib hisoblanadi. Tegishli mahalliy Haleon kompaniyasai to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar olish uchun bu yerga bosing, u yerdan mamlakatingiz uchun Ma’lumotlarni himoya qilish xodimining (agar bo‘lsa) kontakt ma’lumotlarini ham topishingiz mumkin.

Kontakt ma’lumotlari va maxfiylik masalalari bo‘yicha kontakt shaxsingiz

Huquqlaringizdan foydalanmoqchi boʻlsangiz, ushbu maxfiylik eslatmasi boʻyicha savollaringiz boʻlsa, qoʻshimcha maʼlumotga muhtoj boʻlsangiz yoki xavotir bildirmoqchi boʻlsangiz, har bir mahalliy maxfiylik boʻyicha kontakt maʼlumotlarini bu yerdan topishingiz mumkin.

Biz siz haqingizda qanday shaxsiy ma’lumotlarni to‘playmiz?

Biz to‘playdigan va qayta ishlaydigan shaxsiy ma’lumotlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

  • Asosiy ma’lumotlar –ismingiz, familiyangiz (shu jumladan prefiks yoki unvon), taxallus, jins, yosh yoki tug‘ilgan sana, shuningdek, siz tanlagan til. Bolalar haqidagi shunga o‘xshash ma’lumotlar juda cheklangan sharoitlarda ham to‘planishi mumkin, qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun ‘Bolalar haqida ma’lumot’ bo‘limiga qarang;
  • Kontakt ma’lumotlari -siz bilan bog‘lanishimizga imkon beruvchi ma’lumotlar, masalan, shaxsiy yoki biznes elektron pochtangiz, pochta manzilingiz, telefon raqamlaringiz va ijtimoiy media platformasidagi profilingiz;
  • Texnik va tarmoq faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar – qurilmangiz va veb-saytlarimiz, ilovalarimiz va tizimlarimizdan foydalanishingiz haqidagi maʼlumotlar, jumladan, IP-manzilingiz, qurilma identifikatori, apparat modeli va versiyasi, mobil tarmoq maʼlumotlari, operatsion tizim va boshqa onlayn identifikatorlar, brauzer turi, koʻrib chiqish tarixi, qidiruv tarixi, kirish vaqti, ko‘rilgan sahifalar, bosilgan URL-manzillar, yuborilgan shakllar va jismoniy joylashuv;
  • Moliyaviy ma’lumotlar -bank rekvizitlari, jumladan, hisob nomi, hisob raqami va tartib kodi;
  • Mahsulotdan foydalanilishi –mahsulotlarimizdan foydalanishingiz bilan bog‘liq ma’lumotlar (jumladan, fikr-mulohazalaringiz), xaridlaringiz tarixi va afzalliklaringiz, biz bilan o‘zaro munosabatlaringiz, biz bilan afzal qilingan aloqa usuli va siz foydalanishingiz mumkin bo‘lgan xizmatlar;
  • Salomatlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar –sizning sog‘lig‘ingiz, siz boshdan kechirayotgan salomatlik holatlari va bizga taqdim etgan ma’lumotlardan olingan salomatlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • Audiovizual ma’lumotlar -sizning fotosuratlaringiz, videolaringiz va ovozli yozuvlaringiz.

Biz sizdan shaxsiy ma’lumotlarni so‘raganimizda bizga bermaslikni tanlashingiz mumkin. Agar siz o‘z shaxsiy ma’umotlaringizni bizga bermaslikka qaror qilsangiz, bu siz bilan bo‘lgan munosabatlarimizni cheklashi mumkin. Masalan, biz siz so‘agan xizmatlarni taqdim eta olmasligimiz mumkin.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday to‘playmiz?

Siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyidagi holatlarda:

  • Veb-saytlarimiz yoki ilovalarimizdan birida akkaunt va profil yaratganingizda;
  • Haleon autentifikatsiya xizmatlaridan foydalanish uchun bizda ro‘yxatdan o‘tganingizda;
  • Tizim yoki ilovalarimizga kirish uchun kompaniyangizning tizimga kirish yoki boshqa uchinchi tomon autentifikatsiya xizmatidan (masalan, Microsoft, Google tizimga kirish sahifasi) foydalanganingizda.
  • Veb-saytlarimiz, ilovalarimiz va tizimlarimizdan foydalanganingizda;
  • Haleon bilan bog‘lanish uchun ijtimoiy media profilingizni baham ko‘rganingizda yoki undan foydalanganingizda;
  • Reklama materialini olish uchun bizda ro‘yxatdan o‘tganingizda;
  • Haleon tomonidan tashkil etilgan tanlov yoki musobaqaga kirganingizda;
  • Savdo vakillarimizdan biri bilan bog‘langaningizda;
  • Qo‘llab-quvvatlash yoki fikr-mulohaza bildirish uchun bog‘langaningizda;
  • Veb-translyatsiya kabi onlayn tadbirda ishtirok etganingizda;
  • Ishtirok etishni tanlashingiz mumkin bo‘lgan har qanday so‘rovlarga javob berganingizda;
  • Noxush hodisalar yoki tibbiy ma’lumot so‘rovlarini biz bilan baham ko‘rganingizda;
  • Maslahat kengashlari yoki konferentsiyalar kabi oflayn uchrashuvlarda qatnashganingizda.

Boshqa manbalardan:

  • Ommaviy ochiq manbalar;
  • Birgalikda marketing hamkorlari;
  • Marketing hizmatlari yetkazib beruvchilardan;;
  • Tibbiyot provayderlari ma’lumotnomalari; Tadbirlarni boshqarish agentliklari; Ijtimoiy media platformalari;
  • Onlaynda biz haqimizda gapirganda, masalan, tvitda Haleon mahsulotini eslatganingizda.

Ijtimoiy media hisoblaringizni veb-saytlarimiz yoki ilovalarimizga ulasangiz, ijtimoiy media hisobingizdagi ba’zi shaxsiy ma’lumotlarni biz bilan baham ko‘rasiz. Bu sizning ismingiz, elektron pochta manzilingiz, fotosuratingiz, ijtimoiy tarmoqlardagi kontaktlar roʻyxati va ijtimoiy media hisobingizni veb-saytlar yoki ilovalarimizga ulaganingizda bizga ochiq boʻlgan boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi mumkin.

Shuningdek, biz siz haqingizda turli manbalardan olingan ma’lumotlarni, jumladan, bizga taqdim etgan ma’lumotlaringiz va biz bilan munosabatlaringiz davomida to‘plangan shaxsiy ma‘lumotlarni birlashtiramiz.

Shaxsiy ma’lumotlaringizdan qanday foydalanamiz?

Biz sizning shaxsiy ma‘lumotlaringizdan ushbu maxfiylik eslatmasida quyida tavsiflangan maqsadlarda yoki tavsiflanganlarga mos keladigan maqsadlarda

Siz bilan munosabatlarimizni boshqarish uchun.

Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan quyidagi maqsadlarda foydalanamiz:

  • Sizga mahsulot va xizmatlarimizni taqdim etish;
  • Sovrinli o‘yin yoki tanlovda ishtirok etsangiz, sizni sovg‘a bilan ta’minlash;
  • Veb-translyatsiyalar, ishga joylashish imkoniyatlari va moliyaviy natijalar kabi onlayn xizmatlarni taqdim etish;
  • Bizning veb-saytlarimiz va ilovalarimizdagi hisobingizni boshqarish;
  • Sizning shaxsingizni tasdiqlash va veb-saytlarimiz, tizimlarimiz va ilovalarimizga kirish huquqlaringizni tasdiqlash;
  • Sizning so‘rovlaringizga javob berish va siz so‘raganingizda yoki mahsulot va xizmatlarimiz sizni qiziqtirishi mumkinligiga ishonganimizda sizga ma‘lumotlar taqdim etish.
  • Agar biz siz bilan elektron marketingni baham ko‘rmoqchi bo‘lsak, kerak bo‘lganida sizdan roziligingizni so‘raymiz va siz istalgan vaqtda uni bekor qilishingiz mumkin;
  • Sizni fikr-mulohaza bildirishga, tadqiqotlarda, so‘rovlarda qatnashishga yoki tadbirlarda qatnashishga taklif qilish;
  • Haleon bilan muloqot qilishda tajribangizni shaxsiylashtirish;
  • Siz bizga bildiradigan noxush hodisalar haqida xabar berish;
  • Sizning afzalliklaringizni tushunish, mahsulot va xizmatlarimizni hamda siz bilan aloqalarimizni yaxshilash uchun tahlil, bozor tadqiqoti va segmentatsiyani amalga oshirish.

Jarayonlarimiz va biznes operatsiyalarimizni boshqarish va yaxshilash uchun.

Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan quyidagi maqsadlarda foydalanamiz:

  • Tarmoqlarimiz va axborot tizimlarimiz xavfsizligini boshqarish; Bizning ishchi kuchimizni samarali boshqarish;
  • Mahsulotlarimizdan biri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar haqida siz beradigan xabarlarga javob berish va mahsulotlarimiz xavfsizligini kuzatib borish;
  • Sog'liqni saqlash xodimlari bilan munosabatlarimiz bilan bog‘liq yozuvlarni saqlash; Haleon raqamli platformalarimiz, kontentimiz va xizmatlarimizni yetkazib berish va yaxshilashga yordam berish uchun maʼlumotlarni tahlil qilish, audit va tadqiqotlarni amalga oshirish;
  • Mahsulotlarimiz va xizmatlarimizning qaysi qismlari ko‘proq qiziqish uyg‘otayotganini tushunish va shunga mos ravishda ularni yaxshilash uchun mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz bilan bog‘liq tendentsiyalarni, foydalanishni va faoliyatni kuzatib borish va tahlil qilish; va
  • Boshqaruv hisoboti va tahlillarini, jumladan, tahliliy ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarni tayyorlash va bajarish.

Boshqa maqsadlarga erishish uchun.

Biz sizning shaxsiy ma‘lumotlaringizdan quyidagilar uchun foydalanamiz:

  • Amaldagi qonunlar va qoidalarga rioya qilish;
  • Vakolatli davlat organlarining murojaatlariga javob berish;
  • Sizga bizning shartlarimiz, qoidalarimiz va siyosatlarimizdagi o‘zgarishlar haqida xabar berish;
  • Haleon kompaniyasini potentsial, tahdid ostidagi yoki haqiqiy sud jarayonlaridan himoya qilish yoki himoyasini amalga oshirish;
  • Foydalanuvchilarning noqonuniy yoki zararli xatti-harakatlarini tekshirish va ularga qarshi choralar ko‘rish.
  • Haleon kompaniyasini, sizning hayotiy manfaatlaringizni yoki boshqa shaxsning manfaatlarini himoya qilish;
  • Google, Facebook va Twitter (va boshqalar) kabi tashqi manbalardan olingan maʼlumotlarni tahlil qilish orqali ularni tuzatish yoki yaxshilash maqsadida mahsulot va xizmatlarimiz haqida tushuncha va fikr-mulohazalarni olish;
  • Smart qurilmangiz va mobil ilovalarimiz orqali sizga xizmatlarni yetkazib berish; Biznesimizni to‘liq yoki bir qismini sotganimizda, tayinlaganimizda yoki o‘tkazganimizda.

Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘plash va ulardan foydalanish uchun sharoitlar?

Quyidagilardan biri qo‘llanilganda shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘plashimiz va ulardan foydalanishimiz mumkin:

  • Shartnoma tuzish yoki shartnomani bajarishdan oldin choralar ko‘rish; 
  • Qonunga rioya qilish uchun, masalan:
    • Normativ monitoring va hisobot berish majburiyatlarini, shu jumladan, noxush hodisalar, mahsulot to‘g‘risidagi shikoyatlar va mahsulot xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlarning hisobini yuritish;
    • Korrupsiyaga qarshi kurash va oshkoralik majburiyatlariga rioya qilish;
  • Bunday ruxsat majburiy bo‘lganda (qonun buni "rozilik" deb ataydi) bizga maxsus ruxsat bergansiz. Siz istalgan vaqtda roziligingizni bekor qilishingiz mumkin. Bizga odatda quyidagi hollarda roziligingiz kerak bo‘ladi:
    • Veb-saytlarimizdan qanday foydalanayotganingizni bilish uchun qurilmangizga cookie-fayllarni joylashtirish, shunda biz sizni qiziqtirgan narsalarga kontent va bildirishnomalarni moslashtirish orqali ko‘rayotganlaringizni shaxsiylashtirishimiz mumkin;
    • O‘zingiz haqingizda sir tutiluvchi ma‘lumotlarni baham ko‘rgan ba’zi vaziyatlar, masalan, sog‘ligingiz;
    • Biz sizga ma’lum elektron marketing xatlarini yuborishimizdan avval;
    • Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash roziligingizga tayanadigan boshqa har qanday holatda.
  • Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan qonuniy biznes maqsadlarida, masalan, biznesimizni muvaffaqiyatli yuritishimiz uchun foydalanishimiz kerak. Bu quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
    • Sizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing materiallarini yuborish (siz har doim marketing va reklama kommunikatsiyalaridan voz kechish huquqiga ega bo‘lasiz);
    • Audit va ichki tekshiruvlar o‘tkazish va poraxo‘rlik va manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurash bo‘yicha ichki siyosatga rioya qilish;
    • IT va aloqa tizimlarimiz va tarmoqlarimizni boshqarish;
    • Biznes faoliyatimizni rejalashtirish va takomillashtirish;
    • Sifat nazoratini ta’minlash uchun treninglar o‘tkazish va fikr-mulohazalarni yig‘ish;
    • Huquqlarimiz, maxfiyligimiz, xavfsizligimiz yoki mulkimiz va/yoki filiallarimiz, siz yoki boshqalarni himoya qilish;
    • Sizning ro‘yxatdan o‘tgan akkaunt qaydnomangizga kirishni tartibga solish va sizga tegishli mijozlarga xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan xizmatlarning funksionalligini ta’minlash;
    • Faqat litsenziyaga ega tibbiyot mutaxassislariga taqdim etilishi mumkin bo‘lgan ba’zi mahsulotlar, xizmatlar va ma’lumotlarga kirish huquqiga ega ekanligingizni tasdiqlash yoki siz bilan ishlashimizga to‘sqinlik qilmasligimizni kafolatlash uchun boshqa tarzda asosiy ma’lumotlarni tekshirishni amalga oshirish;
    • Mahsulotlarimiz, xizmatlarimiz va biznes faoliyatimizni rivojlantirish, takomillashtirish yoki o‘zgartirish bo‘yicha jamlangan tendentsiyalarni aniqlash uchun sizning afzalliklaringizni tahlil qilish yoki bashorat qilish;
    • Onlayn raqamli maslahat forumlari orqali siz bilan muloqot qilish va agar xohlasangiz, boshqa shaxsga xabar yuborishga ruxsat berish;
    • Sizning so‘rovlaringiz yoki talablaringizga, shu jumladan namunalar uchun so‘rovlarga javob berish va ularni ko‘rib chiqish;
    • Sizga bizning shartlarimiz, qoidalarimiz va siyosatlarimizdagi o‘zgarishlar kabi ma’muriy ma’lumotlarni yuborish;
    • Tranzaktsiyalaringizni amalga oshirish va sizga tegishli mijozlarga xizmat ko‘rsatish;
    • Mahsulotlarimiz haqida ma’lumot berish yoki mahsulotimiz yoki xizmatlarimiz bilan bog‘liq so‘rovlar bo‘yicha ma’lumot so‘rash uchun siz bilan bog‘lanish;
  • Yuridik da’volar yoki protsesslarni belgilash, amalga oshirish yoki himoya qilish uchun;
  • O‘zingizning yoki boshqalarning hayotiy manfaatlarini himoya qilish;
  • Chunki u amaldagi qonunlar asosida jiddiy jamoatchilik manfaatlarini ko‘zlash uchun zarur.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday himoya qilamiz?

Shaxsiy ma‘lumotlaringiz ularni ko‘rishga ruxsat berilmaganlar bilan baham ko‘rilmasligi yoki foydalanilmasligiga ishonch hosil qilishni xohlaymiz. Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun biz turli xil xavfsizlik choralari va texnologiyalaridan foydalanamiz.

Biz ishlash uchun xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarni sinchkovlik bilan tanlaymiz va ularda shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun xavfsizlik choralari va texnologiyalari mavjudligini tekshiramiz.

Biroq ma’lumotlarni uzatish yoki saqlash tizimining 100% xavfsiz ekanligiga kafolat yo‘q. Agar biz bilan aloqangiz endi xavfsiz emasligiga ishonish uchun asosingiz bo‘lsa, "Kontakt ma’lumotlari va maxfiylik masalalari bo‘yicha kontakt shaxsingiz" bo‘limidagi ma’lumotlardan foydalanib, darhol bizga xabar bering.

Shaxsiy ma’lumotlaringizga nisbatan qanday huquqlaringiz bor?

Sizda biz sizni xabardor qilishimiz kerak bo‘lgan huquqlaringiz bor. Siz uchun mavjud bo‘lgan huquqlar shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashimizga bo‘lgan sababga va yurisdiksiyangizdagi mahalliy qonunlarga bog‘liq va ba’zi huquqlar uchun istisnolar mavjud. Bunga bog‘liq ravishda sizda quyidagi huquqlar mavjud bo‘lishi mumkin:

  • Shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing maqsadlarida qayta ishlashimizga roziligingizni qaytarib olish;
  • Haleon kompaniyasidan shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlash haqida, shu jumladan, shaxsiy ma’lumotlaringiz nusxalari bilan ta’minlash haqida so‘rash;
  • O‘zingiz noto‘g‘ri yoki to‘liq emas deb hisoblagan ma’lumotlarni tuzatishimizni so‘rash;
  • Shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘chirishni so‘rash;
  • Ma’lumotlaringizni qayta ishlashni cheklashni so‘rash;
  • Shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashimizga e’tiroz bildirish;
  • Siz bergan ma’lumotlarni bir tashkilotdan boshqasiga o‘tkazishimizni yoki sizga berishimizni so‘rash;
  •     Mahalliy ma’lumotlarni himoya qilish organiga shikoyat qilish.

Yuqoridagilardan birini bajarishimizni soʻrash uchun biz bilan qanday bogʻlanishni “Kontakt ma’lumotlari va maxfiylik masalalari bo‘yicha kontakt shaxsingiz” boʻlimiga qarab bilib olishingiz mumkin.

Sizning himoyangiz va boshqalarning maxfiyligini himoya qilish uchun bizdan talab qilgan ishni bajarishdan oldin shaxsingizni tasdiqlashimiz kerak bo‘lishi mumkin.

Agar biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanish uchun ruxsatingizga tayangan bo‘lsak va siz bu ruxsatni keyinroq bekor qilsangiz, "Shaxsiy ma’lumotlaringizdan qanday foydalanamiz" bo'limida tasvirlangan ba’zi amallarni bajara olmasligimiz mumkin.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni qancha vaqt saqlab turamiz?

Ayrim yurisdiktsiyalarda biz qonuniy ravishda shaxsiy ma’lumotlaringizni ma’lum muddatlarda saqlashimiz shart. Qancha vaqtligi ma’lumotlaringizni baham ko‘rganingizda o‘zingiz bo‘lib turgan yurisdiktsiyaning aniq bir qonuniy talablariga bog‘liq bo‘ladi.

Biz har doim sizning shaxsiy ma‘lumotlaringizni qonun talab qilgan va Haleon bilan bog‘liq huquqiy harakatlar yoki tergov bilan bog‘liq holda qilishimiz kerak bo‘lgan muddat davomida saqlaymiz. Aks holda, sizdan kelgan savol yoki so‘rovga javob berish yoki qayta ishlash uchun yoki sizga mahsulot namunasini yuborgan bo'lsak, biz siz bilan aloqada bo‘lgunimizcha shaxsiy ma‘lumotlaringizni saqlab qolamiz.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni kimga taqdim etamiz?

Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni bilish zarurati asosida va qonunlar va qoidalarga rioya qilish uchun zarur bo‘lgan darajada va siz bilan munosabatlarimizni boshqarish kontekstida baham ko‘ramiz.

Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni faqat Haleon kompaniyalarimiz va filiallarimizdagi o‘z ishlarini bajarish uchun ko‘rishlari kerak bo‘lgan jamoalar bilan baham ko‘ramiz. Filiallarimiz ro‘yxati va ularning joylashuvlarini ko‘rish uchun ushbu havolaga qarang.

Ba'zi mamlakatlarda siz bilan munosabatlarimiz biz uchun maxsus xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar tomonidan boshqariladi. Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni ularning ishining bir qismi sifatida ko‘rishi kerak bo‘lgan odamlari va jamoalari bilan baham ko‘ramiz.

Shuningdek, biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqa tashkilotlar bilan ham baham ko‘ramiz, masalan:

  • Tadbir agentliklari; Marketing agentliklari;
  • Bandlik va ishga yollash agentliklari;
  • Veb-saytlarimiz, raqamli forumlarimiz va ilovalarimizni ishlab chiqish va yaxshilash uchun biz bilan ishlaydigan texnologiya yetkazib beruvchilari;
  • Biz bilan ishlovchi media xizmatlari ta’minotchilari;
  • Bizni yoki biznesimiz yoki brendlarimizning bir qismini sotib olishi mumkin bo‘lgan har qanday tashkilot;
  • Nojo‘ya hodisalar haqida hisobotlarni boshqaradigan ta’minotchilar;
  • Mahalliy yoki xorijiy tartibga solish organlari, sudlar, hukumatlar va huquqni muhofaza qilish organlari;
  • Auditorlar, buxgalterlar va yuristlar kabi professional maslahatchilar.

Qanday hollarda shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘z mamlakatingizdan tashariga o‘tkazamiz?

Biz butun dunyo bo‘ylab faoliyat yuritamiz. Shuning uchun biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni sizdan ularni to‘playdigan mamlakatdan tashqariga o‘tkazishimiz va u yerda foydalanishimiz kerak bo‘lishi mumkin. Shaxsiy maʼlumotlaringizni mamlakatingizdan tashqariga oʻtkazganimizda shaxsiy maʼlumotlaringizni himoya qilish uchun standart maʼlumotlarni himoya qilish qoidalarini oʻz ichiga olgan maʼlumotlarni uzatish shartnomalari kabi tegishli choralarni koʻramiz. Biz ularni oʻtkazadigan mamlakatlardagi maʼlumotlarning maxfiyligi toʻgʻrisidagi qonunlar sizning mamlakatingizdagi qonunlar bilan bir xil boʻlmasligi mumkin. Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘tkazgan mamlakatlardagi huquqni muhofaza qilish idoralari, nazorat organlari, xavfsizlik organlari yoki sudlar shaxsiy ma’lumotlaringizni ko‘rish huquqiga ega bo‘lishi mumkin.

Siz Yevropa Iqtisodiy hududida (YeIH) bo‘lgan hollardagi qo‘shimcha ma’lumotlar

Evropa Komissiyasi YeIH’dan tashqaridagi ayrim mamlakatlar ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha o‘xshash standartlarga ega ekanligini tan oladi. Ushbu mamlakatlarning to‘liq ro‘yxatini bu yerdan olish mumkin.

Agar biz shaxsiy ma’lumotlaringizni ushbu ro‘yxatda bo‘lmagan mamlakatga o‘tkazsak, biz buni Yevropa Komissiyasi tomonidan qabul qilingan standart shartnomaviy qoidalar asosida amalga oshiramiz. Bular bizga kompaniyalar guruhimiz doirasida shaxsiy maʼlumotlarning xalqaro oʻtkazmalarini amalga oshirish imkonini beradi va Yevropa Ittifoqining maʼlumotlarni himoya qilish qonunlari va Maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha umumiy reglamentga (GDPR) javob beradi.

Bolalar haqidagi ma’lumotlar

Bizning xizmatlarimiz odatda bolalarga moʻljallangan boʻlmasa-da, vaqti-vaqti bilan farzandingiz haqidagi maʼlumotlarni toʻplashimiz mumkin, masalan, ular brendlarimizdan biri bilan tanlovda qatnashganida.

Biz buni faqat sizning roziligingiz bilan qilamiz. Batafsil ma’lumotlar olish uchun "Biz siz haqingizda qanday shaxsiy ma’lumotlarni to‘playmiz" bo‘limiga qarang.

Cookie-fayllar, Veb-sayt va ilova ma’lumotlari; Analitika va marketing uchun foydalanish

Veb-saytlarimiz cookie-fayllari va shunga o‘xshash texnologiyalardan foydalanishi mumkin. Siz cookie-fayllarini qabul qilish yoki rad qilishni tanlashingiz mumkin. Agar siz cookie-fayllarni rad etishni tanlasangiz, bizning veb-saytlarimiz, ilovalarimiz va xizmatlarimizning barcha elementlari mo‘ljallangandek ishlamasligi, bu esa tajribangizga ta’sir qilishi mumkin.

Mahalliy qonunlaringiz cookie-fayllar va boshqa texnologiyalar tomonidan to‘plangan ma’lumotlarni shaxsiy ma’lumotlar sifatida qarasa, biz ushbu ma‘lumotlar bilan ushbu maxfiylik eslatmasida ko‘rsatilgan standartlarga ko‘ra ishlaymiz.

Cookie-fayllardan foydalanishimiz haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun siz ko‘rayotgan Haleon veb-saytidagi Cookie-fayllari siyosati bo‘limiga tashrif buyuring. Siz odatda har bir sahifaning quyi qismida havolani topishingiz mumkin. Ushbu siyosat cookie-fayllari va shunga o‘xshash texnologiyalarning nima ekanligi va ulardan qanday foydalanishimizni tushuntiradi.

Biz kompyuteringiz brauzeri turi va operatsion tizimingiz, veb-saytlarimizga kirishdan oldin va keyin tashrif buyurgan veb-saytlar, standart server jurnali maʼlumotlari, Internet protokoli (IP) manzillari, joylashuv maʼlumotlari, mobil telefon xizmati provayderi va mobil telefon operatsion tizimi haqida maʼlumotlarni to‘playmiz. Biz ushbu ma’lumotlardan ularni, biz taklif qilayotgan xizmatlar va reklamalarimizni yaxshilay olishimiz uchun tashrif buyuruvchilarimiz veb-saytlarimiz va mobil ilovalarimizdan qanday foydalanishini tushunish uchun foydalanamiz. Shuningdek, biz ushbu ma’lumotlarni Haleon guruhidagi boshqa kompaniyalar va boshqa uchinchi tomonlar bilan baham ko‘rishimiz mumkin. Ayrim veb-saytlarimiz Google, Inc. (“Google”) tomonidan taqdim etiladigan Google Analytics veb-tahlil xizmatidan foydalanadi. Google Analytics foydalanish namunalarini tahlil qilish uchun cookie-fayllardan foydalanadi va veb-saytdan foydalanishingiz haqidagi ma’lumotlarni, jumladan, IP-manzilingizni to‘plashi mumkin. Google Analytics xizmati to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni bu yerdan olish mumkin. Agar siz ma’lumotlaringizdan Google Analytics xizmati tomonidan foydalanishini rad qilmoqchi bo‘lsangiz, buni bu yerda rad qilishingiz mumkin.

Shuningdek, biz reklama bo‘yicha hamkorlarimiz tomonidan taklif qilinadigan remarketing xizmatlaridan o‘zlarining reklama tarmoqlari saytlariga (ya’ni Haleon kompaniyasinikidan boshqa veb-saytlar) tashrif buyuruvchilar uchun reklamalarni shaxsiylashtirish uchun foydalanamiz. Ushbu sahifalarda sizga sizning Hameon kompaniyasi bilan avvalgi o‘zaro aloqalaringizga havola qiluvchi reklamalar ko‘rsatilishi mumkin. Google tomonidan yetkazib beriluvchi reklamalar uchun shaxsiylashtirishni o‘chirib qo‘yish uchun bu yerga bosing. Facebook tomonidan yetkazib beriluvchi reklamalar uchun shaxsiylashtirishni o‘chirib qo‘yish uchun bu yerga bosing. Qiziqishga asoslangan reklamani namoyish qiluvchi ko‘plab kompaniyalar Tarmoqli reklama tashabbusi ("NAI"), Raqamli reklama alyansi ("DAA") yoki Evropa interaktiv raqamli reklama alyansi ("EDAA") a’zolaridir. Ushbu tashabbuslar a’zolari  tomonidan taqdim etiluvchi qiziqishga asoslangan reklamadan voz kechish uchun ularning veb-saytlariga tashrif buyurishingiz mumkin: https://optout.networkadvertising.org, https://optout.aboutads.info va https://www.youronlinechoices.com

Biz sizga yuborgan marketing materiallarini tegishliroq qilishimiz uchun biz bilan baham ko‘rgan ma’lumotlaringizdan qiziqishlaringiz va afzalliklaringiz bo‘yicha qaror qabul qilish uchun foydalanishimiz mumkin. Tajribangizni shaxsiylashtirish va marketing materiallarimizni yanada moslashtirish uchun biz siz haqingizda saqlayotgan maʼlumotlarni uchinchi shaxslar sizdan onlayn va oflayn rejimda toʻplagan qiziqishlaringiz yoki demografik maʼlumotlaringiz bilan birlashtirishimiz mumkin. Sizda bunga nisbatan ma’lum huquqlar mavjud – qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun yuqoridagi "Shaxsiy ma’lumotlaringizga nisbatan qanday huquqlaringiz bor?" bo‘limiga qarang.

Biz Facebook maxsus auditoriya vositalaridan foydalanamiz. Bu sizga eng mos Haleon reklamalarini ko'rsatish uchun Facebook platformalaridan foydalanganingizda bizda siz uchun mavjud bo‘lgan elektron pochta manzilini Facebook xizmatida siz uchun mavjud bo‘lgan elektron pochta manzili bilan solishtirish orqali sizga moslashtirilgan reklama taqdim etishimizga imkon beradi. Biz buni faqat siz bunga rozilik bergan hollarda qilamiz.

Ayrim hollarda biz sizga tegishli ma’lumotlardan o‘xshashlik modellarni yaratish uchun ham foydalanishimiz mumkin. Bu bizga Facebook yoki Google kabi reklama platformalari orqali boshqa odamlar haqidagi reklama platformasi maʼlumotlariga asoslanib, boʻlajak mijozlarning (sizga oʻxshash qiziqishlari yoki demografiyasiga ega boʻlishi mumkin) oʻxshash auditoriyalarini yaratishga imkon beradi. Odatda bu sizning elektron pochta manzilingizni reklama bo‘yicha hamkorlarimiz bilan baham ko‘rilishini anglatadi. Agar siz Google xizmatidagi shunga o‘xshash auditoriyani rad qilishni istasangiz, buni bu yerda qilishingiz mumkin.

Ushbu maxfiylik eslatmasini qanday yangilaymiz

Vaqti-vaqti bilan biz ushbu Maxfiylik eslatmasini yangilab turamiz. Har qanday o‘zgarishlar qayta ko‘rib chiqilgan Maxfiylik eslatmasi Maxfiylik markazimizga joylashtirgandan keyin kuchga kiradi. Ushbu Maxfiylik eslatmasi oxirgi marta yuqorida ko'rsatilgan "So‘nggi yangilanish sanasi" sanasida yangilangan. Agar o‘zgarishlar muhim bo‘lsa, biz sizga qanday o‘zgarishlar haqida xabar berish uchun yanada aniqroq eslatma beramiz.

O‘zimiz egalik yoki nazorat qilmaydigan veb-saytlar bo‘yicha javobgarligimiz.

Veb-saytlarimiz va ilovalarimizda biz egalik qilmaydigan yoki nazorat qilmaydigan veb-saytlar yoki mobil ilovalarga havolalar bo‘lishi mumkin. Maxfiylik eslatmamiz ularni qamrab olmaydi. Agar ular sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday to‘plashi, ishlatishi va baham ko‘rishini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu veb-saytlar va mobil ilovalardagi maxfiylik eslatmalarini o‘qib chiqing.